TeamSpeak dasturini o’rnatish

TeamSpeak internet orqali ovozda suhbatlashish imkonini beruvchi dastur hisoblanadi. TeamSpeakning kliyent dasturlarini o’rnatgan foydalanuvchilar TeamSpeak serveriga ulangan holda bir-birlari bilan suhbatlashishlari mumkin. Asosiy vazifasi so’zlashuvchilar o’rtasida ovozli suhbatni ta’minlab berish bo’lgan bu dastur foydalanuvchilar o’rtasida fayllar almashinuvi, xabarlar yuborish va boshqa kichik imkoniyatlarga ham ega. Ushbu dasturdan ko’pincha geymerlar tarmoq orqali birgalikda o’yin o’ynash jarayonida foydalanishadi. Lessons.Fledu.uz saytida biz bu dasturdan jonli ingliz tili darslarini o’tkazishda asosiy aloqa vositasi sifatida foydalanamiz. Quyida TeamSpeak dasturini o’rnatish va jonli ingliz tili darslariga moslab sozlash bosqichma-bosqich tushuntirilgan.

1. TEAMSPEAK KLIYENT DASTURINI YUKLAB OLING. Uni saytimiz orqali bepul yuklab olishingiz mumkin. Yuklab olish TAS-IX tarmog’ida.

2. O’RNATISHNI BOSHLANG. Yuklab olingan o’rnatish faylini ishga tushiring va o’rnatishning ilk bosqichlarini «Next» tugmasini bosish orqali boshlang.

1

3. DAVOM ETAMIZ. Dasturdan foydalanish shartlarini o’qib chiqing (hazil) va «I accept…» bo’limiga belgi qo’yib, Next tugmasini bosing. Shartlar yozilgan matnni to’liq oxirigacha ko’rib chiqmasangiz, «I accept…» bo’limiga belgi qo’yilmaydi.

2

4. YANA DAVOM ETAMIZ. Bu yerda hech narsani o’zgartirmasangiz ham bo’ladi. Ma’lumot uchun, qiziquvchilarga aytib o’tishim kerakki, birinchi tanlovda dastur o’rnatilayotgan kompyuterdan foydalanuvchi hammaga birdek ochiq tarzda o’rnatiladi, ikkinchi tanlovda esa dastur faqat o’rnatayotgan foydalanuvchi uchungina ishlaydigan tarzada o’rnatiladi. Birinchi tanlovda, o’z holicha qolgani ma’qul. Yana «Next» tugmasini bosib, davom etamiz.

3

5. DAVOM ETISHDA DAVOM ETAMIZ. Bu yerda ham hech narsani o’zgartirish shart emas. Shunchaki «Next» tugmasini bosib, davom eting.

4

6. ODATDAGIDEK DAVOM ETAMIZ. Hech narsani o’zgartimang, «Next» tubmasini bosib, davom eting.

5

7. OVERWOLFSIZ DAVOM ETAMIZ. Dasturga qo’shib OverWolf dasturini ham o’rnatishni taklif qilishayapti. Bu qo’shimcha geymerlar uchun, o’yinlar o’ynayotgan vaqtda juda qulay. Jonli darslar uchun esa umuman kerak emas. Shuning uchun bu taklifni qabul qilmasdan, «OverWolf» bandidan belgini olib, odatdagidek «Next» tugmasini bosish orqali davom etamiz.

6

8. DASTURNI O’RNATISHGA O’TAMIZ. So’ngi bosqichlarga yaqin qoldi, endi «Install» tugmasini bosing – dastur o’rnatiladi.

7

9. O’RNATILDI! Endi shu holatda «Finish» tugmasini bossangiz, o’rnatilgan dastur ochiladi.

8

10. SOZLANMALAR OYNASINI YOPING. Ba’zi sozlanmalarni taklif etuvchi oyna ochiladi, uni «Cancel» tugmasini bosish orqali yoping. Istasangiz mikrofon va ovoz eshitish moslamangizni o’zingizga mos ravishda sozlab olishingiz ham mumkin.

9

11. SOZLANMALARDA VOZ KECHISHINGIZNI TASDIQLANG. Yuqoridagi qadamda aytilganidek «Cancel» tugmasini bossangiz, «Rostdan ham sozlanmalarni tark etmoqchimisiz?» ma’nosidagi so’rov ko’rsatiladi. Siz «Yes» tugmasini bosib, tasdiqlashingiz kerak.

12. «CONNECT» BO’LIMIGA KIRING. Yuqoridagi «Connections» menyusidan eng birinchi o’rinda turgan «Connect» bandini tanlang.

10

13. SERVER MA’LUMOTLARI VA ISMINGIZNI YOZIB KIRING. Hosil bo’lgan oynadagi «Server Address» bandiga ts.fledu.uz deb yozing va «Nickname» bandiga o’z ism-sharifingizni to’liq kiriting. Bizda niklardan foydalanish, o’zingizniki bo’lmagan ismlardan foydalanish ta’qiqlanadi. Darslarimiz so’nggida Sizga sertifikat beriladi, ism-sharifingizni to’g’ri yozing! Serverimizga kirish uchun hech qanday parol talab qilinmaganligi sababli «Server Password» bandini bo’sh qoldiramiz. Eng oxirida «Connect» tugmasini bosing.

11

14. SIZ JONLI EFIRDASIZ! Tabriklayman, Siz jonli ingliz tili darslarida qatnashish uchun kerak bo’ladigan kliyent dasturni muvaffaqiyatli o’rnatdingiz! Endi ilm olishni boshlang!

Dasturdan foydalanishga aloqador qandaydir muammo (ovoz eshitilmasligi, mikrofon ishlamasligi va h.k) paydo bo’lgan bo’lsa, +998937982200 raqamiga qo’ng’iroq qilib yordam so’rang. Serverda ovozli muloqot qilish imkoni bo’lmagan vaqtda, TeamSpeaker dasturida chatdan foydalanish mumkinligini unutmang.

Jonli darslarda faol qatnashasiz va ingliz tilini birgalikda o’rganamiz, degan umiddaman. Darslarda suhbatlashguncha!