Jonli Lessons loyihasining yangi sayti ishga tushirildi!

Jonli Lessons loyihasining yangi sayti ishga tushirildi!

16.09.2016 1 ta fikr 637 views

Jonli ingliz tili darslarimiz ishtirokchilariga loyihamizning yangi sayti to’liq yangi platformada ishga tushirilganligi xushxabarini ma’lum qilamiz! Endi loyihamiz sayti yanada yorqinroq va qulayroq bo’ldi. Ushbu sayt orqali kelajakda ko’plab xorijiy til darslarini tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Biz bilan birga o’rganing va loyihalarimiz haqidagi fikrlaringizni info@fledu.uz manziliga yozib yuborishni unutmang!

Jonli ingliz tili darslarimiz hali ham eski TeamSpeak serverimiz orqali o’rkazilmoqda. Dasturni yuklab olish, o’rnatish va sozlash haqidagi batafsil ma’lumotni saytimizning asosiy menyusidan topishingiz mumkin. Jonli ingliz tili darslariga ulanish uchun sizda TAS-IX tizimida eng kamida 1 mbit tezlikdagi internet, kompyuter va o’rganishga bo’lgan xohish bo’lishi kerak. Darslarimiz juda qiziqarli va o’rganish uchun oson. Hammangizni bugundanoq jonli darslarimizga qo’shilishga taklif etamiz.

Ingliz tili haqida qiziqarli maqolalar va ma’lumotlarni hamkor saytimiz Azamat.uz sahifalarida topishingiz mumkin. Bundan tashqari Azamat.uz saytida «10 kun ichida ingliz tilida gapirishni o’rganish» kabi bir qator video darslar ham taqdim etiladi.

Loyihalarimizda faol bo’ling va hech qachon o’rganishdan to’xtab qolmang!

1 ta fikr bildirilgan

Fikringizni bildiring!
  1. samjar
    #1 samjar 8 Oktabr, 2016, 17:24

    men inglisch so’zlashishni o’rganmoqchiman

    Reply this comment

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.