Jonli ingliz tili darslarining yangi mavsumi boshlandi!

Jonli ingliz tili darslarining yangi mavsumi boshlandi!

05.10.2016 7 ta fikr 1 262 views

Uzoq kutilgan jonli ingliz tili darslari loyihasi yangi mavsumda ish boshladi! Dushanba, 10-oktyabr kuni soat 17:30 da yangi mavsumdagi ilk darsimiz bo’lib o’tadi. Ushbu kundan e’tiboran darslar har haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 17:30 da o’tkazilishi rejalashtirilgan. Internet orqali ingliz tilini o’rganish istagida bo’lgan barcha foydalanuvchilarni darslarimizga taklif qilamiz!

Diqqat! Jonli darslar boshlanishiga qadar kompyuteringizga kerakli dasturiy ta’minotlarni o’rnatib, server bilan aloqani tekshirishingizni tavsiya qilamiz. Jonli darslar serveri har kuni 24 soat mobaynida ishlab turadi. Istalgan vaqtda serverga ulanishingiz mumkin.

Serverimizning TeamSpeak dasturi orqali ulanish manzili: ts.fledu.uz

Darslarga ulanish uchun TeamSpeak dasturini yuklab oling va o’rnating. Qanday qilib yuklash va o’rnatish haqida bu yerdan ma’lumot olishingiz mumkin. Android qurilmalari uchun ham darslar serveriga ulanish imkoni mavjud! Jonli darslar davomida jonli video translyatsiyani ham tashkillashtirganmiz. Dars davomida o’qituvchini ko’rib turish imkoniga ega bo’lish uchun video plaginni o’rnating!

Barchangizni jonli darslarimizda kutamiz.

7 ta fikr bildirilgan

Fikringizni bildiring!
  1. Anvar
    #1 Anvar 9 Oktabr, 2016, 14:51

    Salom xurmatli Fledu sayti ma’muriyati!
    Android uchun mo’ljallangan dasturda xatolik mavjud, o’rnatib bo’lgandan keyin dasturni ochilsa- «Критическая ошибка платежа» deb chiqmoqda. Buni to’g’irlashning iloji bormi? Javob uchun rahmat.

    Reply this comment
    • Administrator
      Administrator Author 9 Oktabr, 2016, 21:58

      Uzr, mavjud Android dasturi hozirgi serverimiz versiyasiga to’g’ri kelmayapti. Iltimos, kompyuter orqali ulanishga harakat qiling. Hozircha Android qurilmalaridan ulanib bo’lmaydi. Tez orada bu muammoni bartaraf etsak, Android dasturlari qayta ish boshlaganligi haqida alohida yangilik chiqaramiz.

      Reply this comment
  2. Inomjon
    #2 Inomjon 27 Oktabr, 2016, 09:33

    Assalom alaykum Fledu sayti ma’muriyati
    Team Speak dasturi orqali lugat oluvdim. Kalit surayapdi. U kalitni qayerdan olaman. Oldindan raxmat.

    Reply this comment
    • Administrator
      Administrator Author 2 Noyabr, 2016, 14:01

      Lug’at olish dars davomida topshirilgan bo’lsa, demak kaliti ham berilgan. Agar lug’atni olishingiz topshirilmagan bo’lsa, demak uni olmasligingiz uchun kalit qo’yilgan.

      Reply this comment
  3. Inomjon
    #3 Inomjon 27 Oktabr, 2016, 10:59

    Man video plagini urnattim
    lekin settingda kursatmayapti

    Reply this comment
  4. Yoqutxon
    #4 Yoqutxon 16 Noyabr, 2016, 10:38

    Man Fledu.uz saytiga kirdim ammo team speak ornatish tugmasini bossam o’rnatilmiyopti.Nima qilsam bo’ladi iltimos yordam bering. Oldindan raxmat.

    Reply this comment
    • Administrator
      Administrator Author 26 Noyabr, 2016, 10:15

      Xatolikni batafsil yozing. Shunda sizga yordam bera olamiz.
      Nimalar qilganligingizni, bosqichma-bosqich qanday muammolar chiqqanini yozing.
      Dasturni o’rnatish va ishlatish bo’yicha batafsil yo’riqnoma saytda keltirilgan.

      Reply this comment

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.