Jonli darslar video plaginini o’rnatish

Jonli darslar davomida ovoz bilan birgalikda bir tomonlama video muloqot ham bo’ladi. Bunda barcha o’rganuvchilar o’qituvchini va dars davomida ko’rsatilishi mumkin bo’lgan ko’rgazmali misollarni video orqali jonli efirda ko’rishlari mumkin bo’ladi. Video efirni ko’rish uchun Sizning kompyuteringizda TeamSpeak dasturidan so’ng video plagin o’rnatilgan bo’lishi kerak. Quyida ushbu plaginni o’rnatishni o’rganamiz:

DIQQAT! USHBU PLAGINNI O’RNATISHDAN OLDIN KOMPYUTERINGIZDA TEAMSPEAK DASTURI O’RNATILGAN BO’LISHI SHART!

1. VIDEO PLAGINNI YUKLAB OLING. Mana bu video plaginni kompyuteringizga yuklab oling. Eslatib o’tamiz, bu plagin Android qurilmalariga o’rnatilmaydi, faqat kompyuterga o’rnatilishi mumkin.

2. PLAGIN O’RNATISH FAYLINI ISHGA TUSHIRING. Yuklab olingan plagin faylini ishga tushiring. Ko’rsatilgan oynada hech qanday o’zgarish qilmasdan Install tugmasini bosing.

 p1

3. PLAGINNI O’RNATISHGA ROZILIK BILDIRING. Plagin o’rnatilayotganligi haqida ogohlantirish ko’rsatiladi. Yes tugmasini bosing.

p2

4. O’RNATILGAN PLAGINNI TOPING. Plagin to’liq o’rnatilgandan so’ng TeamSpeak dasturining asosiy menyusidagi Settings -> Plugins bandiga kiring.

p3

5. PLAGINNI FAOLLASHTIRING. O’rnatilgan TS3VIDEO plaginiga belgi qo’yish orqali plaginni faollashtirasiz. Oynani Close tugmasi orqali yoping.

p5

6. VIDEO EFIR OYNASINI OCHING. Video efirni ko’rish uchun video oynasini oching. Buning uchun dars o’tiladigan kanal nomi ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va hosil bo’lgan menyudan TS3VIDEO -> Join now bandini tanlang.

p6

7. KAMERASIZ KO’RISH REJIMINI TANLANG. Sizning web kamerangiz bo’lsa ham, bo’lmasa ham serverda faqat o’qituvchi videosi ko’rsatiladi. Shuning uchun plaginning chiqadigan oynasida No camera (Viewer mode) (Kamerasiz, kuzatuvchi rejimi) bandini tanlang. Join tugmasini bosing.

p7

8. VIDEONI O’ZINGIZGA MOSLANG. Hosil bo’lgan oynada o’qituvchi videosi ko’rinishi kerak. Dars bo’lmayotgan vaqtda hech qanday video ko’rsatilmaydi. Video oynasida Siz sozlashingiz mumkin bo’lgan yagona sozlanma – bu video hajmi. Chap tomonda keltirilgan «+» va «-« belgilari orqali videoni o’zingizga qulay tarzda kattaroq yoki kichikroq qilib oling.

p8

Video plaginni o’rnatishda muammo bormi? +998937982200 raqamiga qo’ng’iroq qiling, birgalikda o’rnatamiz!