Jonli dars

JONLI INGLIZ TILI DARSLARI

Jonli darslarda Siz ham ishtirok etishingiz mumkin! Buning uchun Sizda mikrofon, naushnik (yoki har qanday ovoz eshitish moslamasi) va internet bo’lishi kerak.

Darslarda qatnashish uchun jonli darslar serveriga ulanishni ta’minlovchi kliyent dasturini o’z kompyuteringizda o’rnatishingiz kerak bo’ladi. Dasturni to’liq o’rnatganingizdan so’ng ushbu sahifada joylashtirilgan jonli darslar serveriga ulanish tugmasini bosasiz. Shundan so’ng o’rnatilgan dastur Sizni jonli darslar serveri bilan bog’laydi. Quyidagilarni bosqichma-bosqich amalga oshiring:

1. TEAMSPEAK DASTURINI YUKLAB OLING.

Kompyuter uchun mana bu dasturni yuklab oling.

Android Qurilmalar uchun mana bu dasturni oling.

2. YUKLANGAN DASTURNI O’RNATING.

TeamSpeak dasturini kompyuterda o’rnatish yo’riqnomasi.

Dasturni Android qurilmalarda o’rnatish yo’riqnomasi.

3. KOMPYUTERINGIZGA JONLI DARS VIDEO PLAGININI O’RNATING.

Ushbu amaliyot faqat kompyuter foydalanuvchilari uchun, Android qurilmalari foydalanuvchilariga ta’luqli emas!
Video plaginni o’rnatishdan oldin kompyuteringizda TeamSpeak dasturi o’rnatilgan bo’lishi shart.
Mana bu video plaginni yuklab oling va uni kompyuteringizga mana bu yo’riqnoma asosida o’rnating.

4. QUYIDAGI LINK ORQALI JONLI DARSLAR SERVERIGA KIRING.

Ushbu linkni bosganingizda hozirgina o’rnatilgan TeamSpeak dasturi ochiladi va Sizni jonli darslarimiz
serveriga bog’laydi. Eslatib o’tamiz, quyidagi link TeamSpeak o’rnatilgan holatdagina ishlaydi.

DARS SERVERIGA ULANISH

Serverga ulanishda yoki dasturni o’rnatishda muammoga duch keldingizmi? Har qanday savol bilan +99893 798 22 00 raqami orqali
murojaat qilishingiz mumkin! Sizga yordam berishdan doim xursandmiz!