Android qurilmalariga TeamSpeak dasturini o’rnatish

TeamSpeak dasturini Android asosida ishlaydigan qurilmangiz (telefon yoki planshet va h.k.)ga o’rnatishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi amaliyotlarni bajaring (skrinshotlar ingliz tilida ishlaydigan Android qurilmasidan olingan):

1. ANDROID UCHUN TEAMSPEAK DASTURINI YUKLAB OLING. Android qurilmangizga o’rnatish uchun mana bu dasturni yuklab oling. Yuklangandan so’ng uni qurilmangizdagi yuklamalar boshqaruvidan topasiz.

Screenshot_2016-01-14-13-36-13

2. YUKLANGAN FAYLNI OCHING. Ochganingizda Android dasturning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib o’tadi. Next tugmasini bosing.

Screenshot_2016-01-14-13-36-24

3. O’RNATISHNI BOSHLANG. Dastur xususiyatlari to’liq ko’rsatilgandan so’ng Install tugmasi ko’rsatiladi. Uni bosish orqali dasturni o’rnatishga o’ting.

Screenshot_2016-01-14-13-36-32

4. DASTUR O’RNATILMOQDA. Dasturning qurilmangizga to’liq o’rnatilishini kuting.

Screenshot_2016-01-14-13-36-40

5. DASTUR O’RNATILDI! Endi Open tugmasi orqali dasturni oching.

Screenshot_2016-01-14-13-36-48

6. DASTURGA YANGI YORLIQ QO’SHING. Buning uchun dasturning eng quyi qismidagi New bookmark tugmasini bosishingiz kerak.

Screenshot_2016-01-14-13-37-19

7. JONLI DARS SERVERI MA’LUMOTLARINI KIRITING. Barcha ma’lumotlarni quyidagi rasmda ko’rsatilganidek to’ldiring (albatta, o’zingizning ism-sharifingizni ko’rsatasiz). Tahrir: Server manzili o’zgarganligi sababli quyidagi rasmda ko’rsatilgan address qatoriga ts.fledu.uz deb yozishingiz kerak bo’ladi.

Screenshot_2016-01-14-13-38-03

8. JONLI DARSLAR YORLIG’I ORQALI SERVERGA KIRING. Sozlash yakunlandi. Endi dastur oynasida Fledu.uz jonli darslari yorlig’ini ko’rishingiz mumkin. Darslarga qo’shilish uchun shu yorliqni bosing.

Screenshot_2016-01-14-13-38-11

9. SIZ JONLI DARSLAR SERVERIDASIZ! Tabriklaymiz 🙂 Endi qurilmangiz orqali jonli darslarimizni tinglashingiz va ovoz orqali ularda ishtirok etishingiz mumkin! Dastur oynasida serverdagi mavjud o’rganuvchilar va xonalar ro’yxatini ko’rishingiz mumkin.

Screenshot_2016-01-14-13-38-23

Eslatib o’tamizki, Android qurilmalaridagi dasturda faqat ovozli muloqot imkoniyati mavjud. Siz Android qurilmangiz orqali jonli dars videosini ko’ra olmaysiz. Faqat kompyuter dasturi orqali jonli darsga kirganlargina maxsus plagin orqali jonli dars videosini ko’rib turishlari mumkin bo’ladi.

Android qurilmangiz yuqori tezlikli WiFi tarmog’iga ulanganda aloqa sifatining yaxshi bo’lishi kafolatlanadi. Agar mobil internetdan foydalansangiz, ovozlar bir oz kech kelishi/borishi mumkin.

Muammoga duch keldingizmi? Savolingiz bormi? +998937982200 raqamiga qo’ng’iroq qiling – Sizga yordam berishdan doim xursandman! 😀